Toşkent davlat yuridik universitetida 1 avgust kungi kiriş imtihoni yangi tartibda ötkaziladi. Şuningdek, imtihon jarayoni televideniye onlayn translyatsiya qilinişi rejalaştirilgan. Bu haqda «Özbekiston» telekanalida «Biz uçun muhim» tok-şousida aytildi.
Tok-şouda iştirok etgan huquqşunos Xuşnud Xudayberdiyev yangi öquv yili uçun kiriş imtihonlarini ötkazişda kutilayotgan katta özgarişlar haqida gapirdi.

«Ayrim Oliy ta'lim muassasalarimiz katta amaliy işlar boşladi, OAV bilan hamkorlikni yölga qöydi.
Misol uçun, TATU (Toşkent axborot texnologiyalari universiteti) birinçilardan bölib hujjatlarni onlayn qabul qilişni yölga qöydi, birinçilardan bölib abituriyent örniga boşqa odam imtihonga kirmasligini ta'minlaş uçun barmoq izini olişni yölga qöydi, auditoriyalarga kuzatuv kameralari qöyişmoqda. Yoki ÖzMUda ham ijodiy imtihonlar ötkazilgan xonalarda kuzatuv kameralari örnatdi», deya u amalga oşirilayotgan işlarni e'tirof etdi.
U katta özgarişlardan biri Yuridik universitetda bölişini aytdi.
«Yuridik universitetda endi imtihonlar Yunusoboddagi bir neça maktabda bölmaydi. Imtihon endi 1 avgust kuni «Özekspomarkaz» Milliy körgazmalar majmuasi hududida, 4ta katta pavilonda ötkaziladi. Har bir pavilonda 1500 nafardan abituriyent test yeçadi. Xuddi Inha universitetidagidek. 100dan ortiq kuzatuvçilar böladi. Imtihonda prokuratura xodimlari işlaydi. Şuningdek, imtihon jarayonini ota-onalar va jurnalistlar kuzatib turişi mumkin», degan u.
U boşqa universitetlarni ham yuqorida sanalgan OTMlarga ergaşişga, OAV bilan köproq işlaşga çaqirdi.
Yuridik universitetda telefon olib kirişga uringan barça abituriyentlar testdan çetlatiladi
















