Rossiyaning Novosibirsk şahrida bölib ötayotgan «ArMI—2017» xalqaro armiya öyinlarida olti mamlakat jamoalari orasida Özbekiston razvedkaçilari ikkinçi örinda ketmoqda. Bu haqda «Özbekiston24» xabar bergan.
Rossiya OAVlarida tarqatilgan xabarlarga köra, ayni paytda musobaqada Rossiya jamoasi peşqadamlik qilmoqda. Özbekistondan keyingi poğonani esa Belarus termasi egallagan.
Musobaqaning birinçi bosqiçida harbiylar Mi-8 vertolyotidan örmon içiga desant qilinib, asboblarsiz kerakli yönalişni aniqlaşi va 15 kilometr masofaga tez yurib yetib olişlari kerak edi.
«ArMI—2017» xalqaro öyinlari doirasida bölib ötayotgan «A'loçi razvedkaçilar» bellaşuvida Özbekiston harbiylar jamoasiga Armaniston, Belarus, Zimbabve, Qozoğiston, Xitoy va Rossiya jamoalari raqiblik qilmoqda.

















