Ma'lumki, Oliy Majlis quyi palatasi deputatlari hamda Senati a'zolari joriy yil may oyida Vobkent tumanida bölib, fuqarolar bilan oçiq muloqotlar olib bordilar. Ana şu uçraşuv va muloqotlar davomida vobkentlik fuqarolar “Çaşmai Ayyub” maqbarasini obodonlaştiriş va uni turistik marşrutlar röyxatiga kiritiş masalasida yordam sörab murojaat qildilar.
Şundan söng Özbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a'zosi Qodir Jörayev uşbu noyob obidani obodonlaştirib, uni mamlakatdagi turistik marşrutlar röyxatiga kiritiş masalasida Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasiga deputatlik sörovi bilan murojaat qildi.



Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi esa mazkur deputatlik söroviga ijobiy javob qaytarib, “Çaşmai Ayyub” maqbarasi Madaniyat vazirligi, Buxoro viloyati va Vobkent tumani hokimliklari tomonidan maxsus davlat dasturi asosida obodonlaştirilib, bu yerda kerakli sayyohlik infratuzilmasi yaratilgandan söng maqbara sayyohlik yönalişlari röyxatiga, albatta, kiritilişini ma'lum qildi.



Ayni paytda uşbu tarixiy obida atrofida Buxoro viloyati hokimi rahbarligida obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda. Bu yerdagi Abu Sa'd al Xarjuşiyning qabri va quduq bir neçta saxovatpeşa fermerlarning kömagi bilan qayta ta'mirlandi. Obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi.




















