Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uçraşdi. Bu haqda Prezidentning Facebook’dagi sahifasida axborot berilgan.
Tadbirda taniqli madaniyat namoyandalari, şoir va adiblar, teatr, kino, musiqa san'ati sohasining atoqli hamda yoş vakillari, san'atşunos olimlar, jurnalistlar iştirok etgan.
Xabar berişlariça, 2002 yilda taşkil etilgan Özbekiston davlat konservatoriyasining bugungi faoliyati, jumladan, qabul kvotalari, öquv dasturlari va qöllanmalari, professor-öqituvçilarning ilmiy va ijodiy salohiyati, moddiy-texnik bazasi, yotoqxonalarning ahvoli talabga javob bermay qolgan.
«Bugungi kunda bu yerda 700 nafar örniga 1352 nafar talaba tahsil olmoqda va bu ta'lim sifatiga salbiy ta'sir körsatyapti», — deyilgan Prezident sahifasida e'lon qilingan axborotda.
Şu sababli Özbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantiriş va takomillaştiriş, şu jumladan, eski konservatoriya binosini qaytarib beriş böyiça Prezident qarori tayyorlanmoqda.


















