Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi «Kun» naşriga Özbekiston harbiylarining Xalqaro armiya öyinlaridagi iştirokiga doir suratlarni taqdim etdi.
Rossiya, Belarus, Ozarboyjon, Qozoğiston va Xitoyning 22ta poligonida 28ta mamlakat harbiy xizmatçilari iştirokida uçinçi xalqaro armiya öyinlari bölib ötmoqda.

«ARMI – 2017» doirasida ötkazilayotgan 29ta tanlovning 8tasida ya'ni Rossiya Federatsiyasi hududida keçgan «Qöşin razvedkasi a'loçilari», «Elbrus halqasi», «Sodiq döst», «Xavfsiz marşrut», «Yöl patruli», Qozoğistonda ötkazilgan «Merganlik marrasi», Xitoyda bölib ötgan «Qurolsoz usta», «Musaffo osmon» tanlovida Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilaridan iborat 8ta jamoa ilk bor iştirok etişdi. 15tasida esa, ya'ni «Tank biatloni», «Harbiy-tibbiy estafeta», «Dala oşxonasi», «Osmon kaliti», «Avtobronetank texnikasi ustasi», «Harbiy ralli», «Muhandislik formulasi», «Rembat», «Hamdöstlik jangçisi», «Artilleriya ustasi», «UUA (uçuvçisiz uçiş apparatlari) ekipajlari musobaqasi», «Suvorov şiddati», «Xavfsiz muhit», «Desantçilar vzvodi», «Aviadarts» kabi musobaqalarda özbekistonlik harbiylar kuzatuvçi sifatida qatnaşdi.




Rossiya Federatsiyasining Tyumen viloyatidagi dala-öquv maydonida ötkazilgan «Xavfsiz marşrut» musobaqasida podpolkovnik R. Baybekov yetakçiligidagi harbiy xizmatçilar jamoasi mamlakat şarafini munosib himoya qilişdi. Şu örinda katta leytenant O. Quvondiqov, leytenant R. Ahmadov, serjantlar – V. Jumaqulov, Ş. Davronov, kiçik serjantlar – D. Bekmatov, T. Haydarov, şartnoma böyiça harbiy xizmatçi, oddiy askarlar – U. Musayev, E. Hasanovning uyuşqoqlikda harakat qilganlarini alohida ta'kidlaş lozim. Musobaqada vakillarimiz faxrli 3-örinni qölga kiritib, Vatanimizga yoruğ yuz bilan qaytişdi.
























