Angliya premer-ligasi birinçi turi doirasidagi oxirgi uçraşuvda «Mançester Yunayted» «Vest Hem Yunayted» bilan öynadi. Mançesterdagi «Old Trafford» stadionida keçgan uçraşuv mezbonlarning 4:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyinning 33-daqiqasida Markus Raşfordning pasini Romelu Lukaku Jo Hart darvozasiga joyladi. Ikkinçi bölim boşida Genrix Mxitaryan Lukakuni qulay vaziyatga çiqardi va hisob özgardi - 2:0.

88-daqiqada Mxitaryan Antoni Marsiyalni golli pas bilan ta'minladi, ikki daqiqa ötib Pol Pogba raqibdan qoçib ketdi va darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib, öyindagi yakuniy hisobni örnatdi.

Bu yirik ğalabadan keyin Joze Mourino şogirdlari turnir jadvalining eng yuqori qismiga joylaşgan. Ikkinçi örinda töplar nisbati +3 bölgan «Haddersfild», uçinçi örinda esa keyingi örinlarda «Mançester Siti», «Tottenhem» va «Arsenal» jamoalari joylaşgan.

Angliya premer-ligasi
1-tur
«Mançester Yunayted» – «Vest Hem» 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 33 Lukaku, 2:0 – 52 Lukaku, 3:0 – 87 Marsiyal, 4:0 – 90 Pogba.
«Mançester Yunayted»: – De Xea, Bayi, Jons, Blind, Valensiya, Mata (Fellayni, 76), Pogba, Matiç, Mxitaryan (Lingard, 88), Reşford (Marsiyal, 80), Lukaku.
«Vest Hem» – Hart, Rid, Masuaku (Kressuell, 81), Sabaleta, Ogbonna, Nobl (Rays, 61), Obiang, Ayyu, Fernandeş (Sako, 60), Arnautoviç, Ernandes.
Ogohlantirişlar: Bayi (43), Sabaleta (51), Valensiya (60), Ogbonna (66).