AQŞ prezidenti Donald Tramp afv etiş haqidagi özining birinçi buyruğini imzoladi. U Arizona ştatidagi Marikop okrugi sobiq şerifi Jo Arpayoga tegişli. Arpayo migrantlarga “ov uyuştirgani” bilan “maşhur bölgan”. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

“Şuni mamnuniyat bilan xabar qilmoqçimanki, hozirgina 85 yoşli amerikalik vatanparvar – şerif Jo Arpayoni butunlay afv etdim. U Arizonada tinçlikni saqlab turgan”, - deya yozgan davlat rahbari Twitter’da.

Tramp avgust oyi örtalarida Fox News telekanaliga bergan intervyusida, Arpayo noqonuniy muhojirlik bilan kuraş uçun köp narsa qilganini ma'lum qilgan. “U öz mamlakatini yaxşi körardi, hamda men u bilan röy bergan holatga e'tiborsizlik bilan qaray olmayman”, - degandi öşanda prezident.

Arpayo iyul oyida sudga hurmatsizlik qilişda aybdor, deb topilgan. Unga nisbatan yakuniy hukm oktabr oyida çiqarilişi lozim edi.

BBC News’ning aniqlik kiritişiça, erkak lotin amerikaliklarni noqonuniy muhojirlikda gumonlab, qölga oliş bilan şuğullangani uçun “maşhur bölgan”. 2013 yilda uning xatti-harakatlari noqonuniy, deb tan olingan, biroq u sudning qaroriga e'tibor bermay, “ov uyuştirişda” davom etgan.