Birinçi fazogir Yuriy Gagarin Forbes jurnali talqiniga köra “Asrning eng nufuzli ruslari” reytingiga boşçilik qilmoqda. Bu reytingga Rossiya tarixida öçmas iz qoldira olgan 100 nafar şaxs kiritilgan.
Ta'kidlanişiça, jurnalning mutolaaçilari iştirok etgan dastlabki ovoz berişda Gagaringa 52,2 foiz ovoz berilgan. Gagarindan taşqari yetakçi uçtalikka Iosif Stalin va Vladimir Putin kiritilgan.
Naşrda aytilişiça, reytingni tuziş jarayoni sermaşaqqat bölgan va bir neça bosqiçda ötgan. Forbes’ga “buyuk ruslar”ni tanlaşda bir neça mutaxassislar va maslahatçilar, jumladan Rossiyaning yetakçi oliy ta'lim muassasalari rektorlari, kinotanqidçilar, musiqiy tanqiçdilar yordam berişgan.
Reytingga XX asrda yaşagan rossiyaliklardan taşqari, XXI asrda ham hayot bölgan şaxslar kiritildi. Jumladan, bunday şaxslar reytingning 21 ta poğonasidan joy olgan.
Reytingda sobiq ittifoqning oxirgi prezidenti Mixail Gorbaçyov, opera qöşiqçisi Fyodor Şalyapin, kinorejissyor Leonid Gayday, qöşiqçi Alla Pugaçyova, şoir va yozuvçi Sergey Mixalkov, “VKontakte” va Telegram asosçisi Pavel Durov, xokkeyçilar Aleksandr Oveçkin va Vladislav Tretyak kabi maşhur şaxslar ismlari bor.

















