Bugun, 2 sentabr kuni Özbekiston Birinçi Prezidenti xotirasini abadiylaştiriş maqsadida Prezident Islom Karimov dafn etilgan maskanda barpo etilgan yodgorlik majmuasida xotirlaş marosimi bölib ötdi. Kun.uz muxbiri xabariga köra, marosimda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda marhum prezidentning bevasi Tatyana Karimova iştirok etdi.

Maqbara Markaziy Osiyo me'morçiligi an'analari böyiça qurilgan.

Prezident Islom Karimov dafn etilgan Hazrat Xizr masjidi majmuasi hududida maqbara qurilişi loyihasi Respublika komissiyasi hamda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş Boş boşqarmasi tomonidan işlab çiqilib, taqdim etilgandi.

Özbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan mazkur loyihani YuNeSKOning Butunjahon merosi markazi va IKOMOS (Yodgorlik va me'moriy obidalarni saqlaş Xalqaro kengaş) bilan muvofiqlaştiriş işlari olib borildi.

Butunjahon merosi markazi va IKOMOS taşkilotlari yodgorlik obidasini quriş loyihasi bilan tanişib çiqdi, mazkur xalqaro taşkilotlar mutaxassislari 2016 yilning dekabrida Hazrat Xizr masjidiga kelib, quriliş işlarini YuNeSKO mezonlariga muvofiq holda, ya'ni Butunjahon me'rosi obektining tarixiy körinişini saqlab qolgan holda amalga oşiriş borasidagi tavsiyalarini berdi.

Quriliş işlarida mahalliy işçilar bilan birga hindistonlik ustalar iş olib bordi, maqbarada foydalanilgan qimmatbaho toşlar ham Hindistondan olib kelingan. Yoğoç öymakorligi bilan boğliq barça işlar Özbekiston xalq ustasi Nasrullo Sohibnazarov va Mirjalol Asadov tomonidan şogirdlari bilan birga, şuningdek, qöqonlik Muhammadamin iştirokida bajarildi. Ganç öymakorligi böyiça işlarni Özbekiston xalq ustasi Mansur Murodov hamda Amriddin Najmiyev bajarişdi. Mayolika va mozaika montaji bilan Rahmon Tohirov boşçiligidagi guruh şuğullandi, devorlarni naqşlaş işlarida Özbekiston xalq ustasi Abduğani Karimov boşçiligidagi guruh band böldi.