Fransiya 2018 yilda mudofaa byudjyetini 1,6 mlrd yevroga oşiradi, deb ma'lum qildi mamlakat boş vaziri Eduar Filipp.

Uning aytişiça, keyingi yil uçun mudofaa xarajatlarining oşişi oxirgi 6 yil içidagi eng yirigi böladi.

“Bu 2019 va 2020 yilda ham davom ettiriladi, çunki biz yaşayotgan dunyo xavflidir”, deb aytgan boş vazir. 

Iyulda prezident Emmanuel Makronning joriy yil uçun mudofaa byudjyetining 850 mln yevroga qisqartirilişi rejasi boş ştab boşliği general Per de Vilening iste'foga çiqarilişiga sabab bölgan. General Makronning bu taklifidan noroziligini bildirgan.