Tajriba operatsiyasi 27 yoşli avstraliyalikning oyoğini saqlab qolişga yordam berdi. Royben Lixter osteomiyelitning jiddiy şaklidan aziyat çekayotgandi, unga oyoq amputatsiyasi tahdid solayotgan edi, ammo şifokorlar unga bundan avval jonivorlarda sinab körilgan yangi usulni qöllab körişni taklif qilişdi. Natijada jarrohlar uning oyoğiga 3D-bosmadan çiqqan ilik suyagi karkasini implantatsiya qilişdi. Hi-News şu haqida ma'lum qildi.
Dastlab bemorning katta ilik suyagining uç karra ölçamli modeli yaratilib, uni Singapurga yöllandi va u yerda biomuvofiq polimerdan protez tayyorlandi. Implantatsiyani muvaffaqiyatli yakunlaş uçun şifokorlar beş operatsiya ötkazişlariga töğri keldi. Birinçisida töqimalardan yiring çiqarib taşlandi, keyingi törttasi esa operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlaş uçun ötkazildi, zero 3D-protezni şunçaki osonlik bilan örnatib bölmaydi.
Yangi suyak bemorning ilik suyagi va çap tizzasidan olingan qon tomirlari va töqimalari bilan qoplandi - hozir ular yangi suyak atrofida rivojlanmoqda. Şifokorlar biroz vaqt ötgaç töqimalar yangi suyakni yarata olişiga işonç bildirişmoqda, biroq bunga ança vaqt - taxminan bir yarim yil kerak böladi. Hozirça Robeynga yuriş va oyoqqa oğirlik tuşiriş mumkin emas.

Bu suyak örniga 3D-protez örnatilgan birinçi holat emas, bundan avval xitoylik bemorda ham şunday jarrohlik amaliyoti ötkazilgan.

















