Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida Islom hamkorlik taşkilotining Fan va texnologiyalar böyiça birinçi sammitida Ostona deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu haqda Tengrinews.kz muxbiri xabar bergan.

Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev yakuniy yiğilişda deklaratsiya haqida ma'lumot bergan.

«Bugun biz fan va texnologiyalar rivojini har tomonlama muhokama qildik va bu soha biz uçun dolzarbligini bir ovozdan qayd etdik. Bu sohani birgalikda rivojlantirişimiz zarur. Biz buni amalda isbotlaşimiz kerak. Buning uçun sammitning yakuniy hujjati - Ostona deklaratsiyasi qabul qilindi», - deya yiğiliş iştirokçilariga yuzlangan Qozoğiston prezidenti.

IHT sammiti oçilişida Nazarboyev bu yiğiliş islom dini tarixida iz qoldirişiga umid bildirgandi. U qozoq xalqi va islom dini boğliqligi uzoq ötmişga borib taqalişini e'tirof etgandi. 

«Bizning zaminimizga islom dini ming yillar avval kirib kelgan. Biz islom dini va ğarb sivilizatsiyasi örtasidagi döstona muloqotda boğlovçi vazifasini bajardik», - degan Qozoğiston prezidenti.

U şuningdek, bugungi kunda islom dunyosi töqnaş kelayotgan tahdidlar va çaqiriqlar mavzusiga töxtalgan. 

«Afsuski, keyingi vaqtlarda islom ummati turli murakkab sinovlarga duç kelmoqda. Bular birinçidan, turli ekstremistik va terrorçilik taşkilotlar faoliyati kengayişidir. Ularning terrorçilik xurujlaridan, birinçi bölib islom olami davlatlari jabr körmoqda. Qolaversa, islomofobiya, musulmonlarga qarşi jinoiy harakatlar yildan-yilga ortmoqda», degan u.

Nursulton Nazarboyev Myanma mavzusiga ham töxtalgan.

«Bizni, şuningdek, yaqinda Myanmada yuz bergan mojarolar xavotirga solmoqda. Turkiya tomoni taşabbusi bilan bu mavzu sammitning yakuniy hisobotiga kiritildi. Barça tomonlarni zudlik bilan zöravonlikni töxtatiş va BMT doirasida muloqotga çaqiramiz», degan Nazarboyev.