Özbekistonda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yönalişiga oid fanlarni çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan maktabni taşkil etiladi.
Prezident qaroriga köra, Özbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yönalişiga oid fanlarni çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan maktabni (keyingi örinlarda Ixtisoslaştirilgan maktab deb ataladi) taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Quyidagilar ixtisoslaştirilgan maktabning asosiy vazifalari etib belgilandi:
umumiy örta ta'limning davlat ta'lim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda matematika, fizika, informatika va çet tili fanlarining çuqur öqitilişini taşkil etiş;
öquvçilarda dasturlaş asoslarini, ma'lumotlar bazalarini şakllantiriş va axborot xavfsizligi könikmalari va media madaniyatni maktab davridan boşlab şakllantiriş;
yuqori kasb mahoratiga ega bölgan pedagoglarni jalb etgan holda öquvçilarning yoş matematiklar, yoş fiziklar, yoş dasturçilar, yoş ixtiroçilar jamoalarini taşkil qiliş, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam iştirok etişlarini ta'minlaş;
öquvçilarni çet tilini biliş darajasini tasdiqlovçi milliy va xalqaro e'tirof etilgan sertifikatlar olişga tayyorlaş;
öquv jarayonining işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohalari bilan uzviyligini ta'minlaş maqsadida 10–11-sinf öquvçilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yönalişidagi yetakçi taşkilotlarda işlab çiqariş amaliyoti ötaşlarini taşkil etiş.
Toşkent şahar, Mirzo Uluğbek tumani, Tepamasjid köçasi, 4-uy manzilida joylaşgan Mirzo Uluğbek informatika kasb-hunar kollejining bino va inşootlarini tegişli hududi bilan birga Ixtisoslaştirilgan maktabga operativ boşqariş huquqi asosida bepul beriladi.
Ixtisoslaştirilgan maktabga öquvçilar Xalq ta'limi vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan belgilanadigan kvota asosida 5-sinfdan boşlab yozma va oğzaki sinov natijalariga köra tanlov asosida qabul qilinadi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda ixtisoslaştirilgan maktabning ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazilişini ta'minlaydi. Uç oy muddatda esa respublikaning maktab yoşidagi iqtidorli öquvçilariga matematika, fizika va informatika fanlarini integratsiyalaşgan holda qamrab olgan körik-tanlov natijalariga köra beriladigan «Muhammad al-Xorazmiy izdoşlari» nomli mukofotni ta'sis etadi.
















