Oxiri körinmas kreditlar, rejadan taşqari xarajatlar, yöqotişlar, sovğalar... Bunday yaşaş joningizga tegmadimi? Trendymen hamyonni böşatuvçi yetti asosiy sababni keltirdi. Ulardan heç bölmaganda ikkitasini töğrilaşga harakat qiling - ehtimol mutlaqo yangi hayotiy darajaga erişarsiz.
Şaxsiy byudjyet

Bir öylab köring - pullaringizni nimalarga sarflayapsiz? Bu ham kam. Tinç muhitda ötirib, sönggi haftadagi barça xarajatlaringizni birma-bir yozib çiqing. Endi fikrlang: xaridlar zarurat yuzasidan amalga oşirilganmi yoki yöq? Ba'zi mahsulotlarda iqtisod qilişning iloji bormidi? Aniq byudjyet rejasining yöqligi - iqtisodiy farovonlik kemangizdagi asosiy "nosozlik"dir. Heç bölmaganda, bir oylik şaxsiy byudjyetni şakllantirişni örganmas ekansiz, moliyaviy jihatdan heç qanday yangilik kutmasangiz ham böladi.
Iqtisodiy savodsizlik

Yer aholisining aksariyati - iqtisodiy jihatdan savodsiz. Universitetni tugallagan odamlar asosiy iqtisodiy şart-şaroitlarni tuşunmaslikni oddiy hol deb bilişadi. Buni faqat bir yöl bilan töğrilaş mumkin: atrofda nimalar röy berayotganiga qiziqiş bildiring, qanday qilib neft narxi - valyuta kursiga, bu esa sizning hayotingizga ta'sir qilişini tuşunişga harakat qiling. Qarabsizki, pullar qayerdan kelişi haqida tasavvur hosil qilasiz.
Moliyaviy befarqlik

Köpçilik mömay daromad topiş istiqbollari yomonlaşib borayotganini körib, hafsalasi pir böla boşlaydi. Pul yiğişni rejalaştiriş va mablağlarni qanday taqsimlaş maqsadga muvofiq bölişini tuşunib yetiş örniga maoşni kutib, pul töplaş uçun harakat qilişni ham xohlaşmaydi. Moliyaviy befarqlik depressiyaning qandaydir iqtisodiy variatsiyasiga aylanişi mumkin. Unisini ham, bunisini ham muhim maqsadlar sari yönaltirib, maksimal sa'y-harakatlar bilan yengib ötiş mumkin.




















