Rossiya Özbekiston taşqi iqtisodiy faoliyatidagi özgarişlarni katta qoniqiş bilan qabul qilmoqda. "Rostex" davlat korporatsiyasi va uning şö'ba korxonalari yuqori texnologik faoliyat doirasida Özbekiston bilan hamkorlik imkoniyatlarini oşiriş tarafdori. 3 oktabr kuni bölib ötgan Özbekiston-Rossiya biznes-forumida "Rostex" rahbari örinbosari Dmitriy Lelikov şunday bayonot bilan çiqdi. Tadbirda qatnaşgan KUN.UZ muxbiri şu haqida xabar berdi. 

"Ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirişga start beriş sifatida "Rostex" va Özbekiston taşqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar vazirligi tomonidan özaro Anglaşuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjatlarga muvofiq, biz avtomobilsozlik, farmatsevtika, tibbiy texnika va uskunalar, suvsozlik, temir yöl transporti, havo harakati boşqaruvi va aeroport xavfsizligi, energetika va vertolyotsozlik sohasida faoliyat yurituvçi manfaatdor özbek taşkilotlari bilan uzoq samarali hamkorlik örnatişga umid qilamiz. 

Şuningdek, "Rostex"ning qöşma loyihasi orqali mamlakatlarimiz örtasida aviaqatnovlarni qayta tiklaşni rejalaştirganmiz. Bizning Moskva viloyatidagi "Jukovskiy" xalqaro aeroportimiz va bir neça aksionerlik jamiyatimiz özbek hamkasblari bilan faol hamkorlikka kirişişdi. Bugunga kelib, Rossiyaning KAMAZ, AvtoVAZ kompaniyalari muzokaralarni yölga qöyişga muvaffaq bölgan bölsa, "Şvabe", "Rossiya vertolyotlari" kabi qator kompaniyalarning ham salohiyati katta", - deydi "Rostex" vakili. 

Bundan taşqari, Özbekistonda "Rostex" korporatsiyasining doimiy vakolatxonasi borligi va u ikki mamlakat hamda kompaniyalar örtasidagi taşqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanişiga faol kömaklaşib kelayotgani ta'kidlandi.

"Rostex" rahbar örinbosarining ma'lum qilişiça, bugun respublikaga ham korporatsiya xodimlari, ham uning şö'ba korxonalari vakillari taşrif buyurişgan va ular özbek kontragentlari bilan muzokaralar olib borişmoqda. Şu munosabat bilan "Rostex" vakili Özbekiston Respublikasi rahbariyati hamda Taşqi savdo vazirligiga korporatsiya bilan qöşma loyihalarni qöllab-quvvatlayotgani uçun minnatdorçilik bildirdi va Rossiya har qanday körinişdagi hamkorlik uçun oçiq ekanini ta'kidladi.