Rossiya Federatsiyasi Krasnodar ölkasi mahalliy politsiya va Migratsiya agentligi xodimlari ötkazgan tekşiruvlar çoğida Ilovlinsk tumanidan 1,5 km masofadagi qişloq xöjaligi yerlarida 21 nafar çet el fuqarosi, xususan 9 nafar özbekistonlik Rossiya migratsiya tartiblariga rioya qilmay yaşab kelayotgani aniqlangan.
«Tekşiruvlar paytida qişloq xöjaligi yerlarida migratsiya qonun normalarini buzib yaşab kelayotgan 21 nafar çet el fuqarosi borligi aniqlandi. Ulardan 12 nafari Xitoy, 9 nafari Özbekiston fuqarosi hisoblanadi. Şuningdek, 3 nafar özbekistonlik Rossiya çegarasini noqonuniy kesib ötgani uçun mamlakatdan çiqarib yuborilişi kutilmoqda», deyiladi huquq-tartibot organlari bergan bayonotda.
Umumiy tekşiruvlar jarayonida 39ta ma'muriy huquqbuzarlik holatlari aniqlangan bölib, ularning barçasi böyiça protokol tuzilgan.
















