Robotlar va yuqori texnologiyalar ularning taraqqiyotiga qaramasdan, odamlar örnini bosa olmaydi, çunki odamlarda özaro munosabatlar va qadriyatlar mavjud. Bu haqda Alibaba Group asosçisi Jyek Ma "Oçiq innovatsiyalar" forumidagi nutqida aytib ötdi.
"Biz odamlarga öxşaş robotlarni yaratamiz, biroq maşinalar maşina, odamlar odam bölib qoladi. Odamlar bizda maşinalarda bölmagan işonç, munosabatlar, qadriyatlar borligiga işonişlari kerak va men maşinalar bizning örnimizni egallaşiga işonmayman", deb aytgan Ma.
Uning aytişiça, internet va raqamli texnologiyalar insonlarning köplab muammolari yetimi böladi. "Bu barqarorroq rivojlaniş böladi. Fikrimça, bu taraqqiyot odamlarni baxtliroq qiladi", deb qöşimça qilgan Ma.
Biroq Maning aytişiça, raqamli texnologiyalarning global rivojlanişi hozirda geografiya va yangi kompaniyalar iştiroki nuqtai nazaridan bir tekis yuz bermayapti. "Hozir globallaşuv bir tekis yuz bermayapti, dunyoda yetakçilik qilayotgan 60 ga yaqin kompaniyagina bor", deb aytgan Alibaba.
"Oçiq innovatsiyalar" forumi Moskvada bölib ötmoqda. Uning boş mavzusi "Raqamli iqtisodiyot. Global transformatsiya çaqiriqlari" deb atalgan.

















