19 oktabr kuni Xalqaro Press-Klubda “Özbekiston qişloq xöjaligi: islohotlarning yangi bosqiçi” mavzusiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Tadbirda davlat idoralari, vazirlik vakillari, dehqonlar, fermerlar, tadbirkorlar hamda OAV xodimlari iştirok etişdi. 

Joriy yilning sentabr oyida Rossiya qişloq xöjaligi vaziri Aleksandr Tkaçevning Özbekistonga taşrifi doirasida Rossiya kartoşka ittifoqi va Özbekistonning «Sanray Agro Plus» MÇJsi örtasida kartoşka uruğini yetiştiriş böyiça  Özbekiston hududida seleksion-uruğçilik markazini taşkil etiş yuzasidan kelişuvlar imzolangan edi. Bundan taşqari Rossiya biznes vakillaridan Özbekiston hududida kartoşka uruğçiligiga ixtisoslaşgan Rossiya-Özbekiston-Qirğiziston korxonasini yaratiş taklifi kiritildi. 

Press-Klubning navbatdagi sessiyasi davomida jurnalistlar yuqoridagi şartnomalar qaysi bosqiçda amalga oşirilayotgani va Özbekistondagi kartoşka muammosi qaçon bartaraf etilişi haqida savol bilan murojaat etişdi. Mazkur savolga Özbekiston fermerlar, dehqon xöjaliklari va tomorqa egalari kengaşi raisi Baxodir Yusupov quyidagiça javob berdi:

«Yuqorida ta'kidlangan uçraşuvdan söng biz kartoşka taqçilligi muammosini hal etiş maqsadida ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda işlar olib boryapmiz. Umid qilamizki, oxir-oqibat özimizning yerlarimizda ham sifatli kartoşkalar yetiştiriladi. Albatta, yurtimizda mana şunday zamin, oçiq havo, suv böla turib kartoşkani çet eldan import qilişimizni keçirib bölmaydi», deya qayd etdi Bahodir Yusupov.

Kengaş raisining sözlariga köra, fermerlar, dehqonlar mazkur masalani hal etişda alohida, individual tarzda işlaşda davom etişadi.