Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rangli metall parçalari va çiqindilarini töplaş, topşiriş hamda qayta işlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori e'lon qilindi.

Hujjat rangli metall parçalari va çiqindilarini töplaş, topşiriş hamda qayta işlaş tizimini yanada takomillaştiriş, ularni tayyorlaşni rağbatlantiriş, xomaşyo resurslarini qayta işlaş va samarali işlatiş quvvatlaridan yuqori darajada foydalanişni ta'minlaş, şuningdek zamonaviy korporativ boşqaruv uslublarini faol joriy qiliş maqsadida qabul qilindi

Qaror bilan “Toşkent rangli metall parçalari, çiqindilarini tayyorlaş va qayta işlaş zavodi” AJ aksiyadorlarining korxona nomini “Özbekiston rangli metall parçalari, çiqindilarini tayyorlaş va qayta işlaş zavodi” AJga (“Özikkilamçiranglimetall” AJ) özgartiriş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Belgilanişiça, “Özikkilamçiranglimetall” AJ Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.

Quyidagilar “Özikkilamçiranglimetall” AJ ning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilandi:

birinçi - Özbekiston Respublikasi hududida va uning taşqarisida, jumladan rangli metall parçalari va çiqindilari muntazam hosil böladigan yuridik şaxslar bilan fyuçers şartnomalari, şuningdek “Özikkilamçiranglimetall” AJga metall parçalari topşiruvçilardan rangli metall parçalari hamda çiqindilarini töplaş va topşiriş uçun yuridik şaxslar bilan topşiriq şartnomalarini tuziş orqali rangli metall parçalari va çiqindilarini tayyorlaş hamda metall parçalari topşiruvçilardan qabul qiliş böyiça samarali tizimni taşkil etiş;

ikkinçi - işlab çiqarişni yangi turdagi mahsulotlar tayyorlaşni özlaştiriş böyiça modernizatsiyalaş va diversifikatsiyalaş, rangli metallarni qayta işlaydigan zamonaviy, energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni joriy etiş, şuningdek xomaşyo bazasini kengaytiriş;

uçinçi - işlab çiqarişning barqaror ösiş sur'atlarini ta'minlaş, yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlarning eksport hajmlarini, jumladan yangi bozorlarni özlaştiriş hisobidan oşiriş, taşqi bozorlardagi pozitsiyalarni mustahkamlaş;

törtinçi - mahsulot tannarxini, xususan, butlovçi buyumlar va materiallar işlab çikarişni mahalliylaştiriş darajasini çuqurlaştiriş, işlab çiqariş va operaniya xarajatlarini makbullaştiriş, tovarlar hamda xizmatlar importi hajmlarini qisqartiriş hisobidan pasaytirişga doir aniq maqsadli işlarni tizimli ravişda amalga oşiriş;