31 oktabr, seşanba kuni Manhettenda yuk maşinasini boşqargan şaxs odamlarni qasddan urib yuborişi oqibatida 8 kişi halok böldi, 12 kişi jarohatlandi. Kelib çiqişiga köra özbekistonlik bölgan Sayfullo Saipov terakt ijroçisi sifatida gumon qilinmoqda. U ayni vaqtda qölga olingan. 29 yoşli bu terrorçi Uber haydovçisi sifatida işlagan. Ayrim manbalarga köra, u maşinada teraktni IŞID nomidan sodir etgani ifodalangan yozuv qoldirgan.
Bu voqeadan keyin AQŞ prezidenti Donald Tramp migratsion nazorat çoralarini qat'iylaştirişga çaqirdi.
Hujum haqida nimalar ma'lum
Avtomobil odamlar ustiga yurişi oqibatida Nyu-Yorkda 8 kişi halok böldi, yana 12 yölovçi turli darajada jarohatlandi. Hodisa Manhettenda odamlar gavjum hududda, 11 sentabr terakti qurbonlari memoriali yaqinida sodir etildi.
Hujumni sodir etganidan keyin haydovçi furgondan çiqqan, odamlar uning qölida qurolga öxşaş buyumni körişgan. Nyu-York politsiyasi uni öqqa tuta boşlagan.
«Gumonlanuvçi avtomobildan öqotar qurolni eslatuvçi buyum kötarib çiqdi, politsiya unga öt oçdi», — deyilgan Nyu-York politsiyasi tvitterida.
Hukumat talqiniga köra, hujum qilgan şaxs — yoş erkak. Terrorçi haqida boşqa ma'lumotlar keltirilmayapti. Nyu-York politsiyasi boşliği Jyeyms ÖNil terrorçining qölidagi pnevmatik qurol bölib çiqqanini aytdi. Bu peyntbol öynaladigan vintovka edi.
Terakt oqibatida qurbon bölganlarning 5 nafari Argentina fuqarosi, yana ikki kişi belgiyalik.
Uber haydovçisi IŞIDga aloqador
Hukumat qölga olingan şaxsning yoşidan boşqa ma'lumot bermayapti. Lekin OAV uning ismi-şarifini bilib oldi. Nyu-Yorkda begunoh odamlarni maşinada toptab ötgan şaxs 29 yoşli özbekistonlik Sayfullo Habibullayeviç Soipov. U 2010 yilda grin-karta yutib, Farğonadan AQŞga kelgandi.

CBS telekanalining aniqlik kiritişiça, Soipov Florida ştatining Tampa şahrida yaşagan. U şu ştatda haydovçilik guvohnomasi olgan.
FoxNews telekanali ma'lumotiga köra, u teraktni sodir etişidan oldinroq Nyu-Jyersida — Nyu-Yorkka qöşni bölgan ştatda bölgan.
Xabar qilinişiça, terakt ijroçiligida asosiy gumondor bölib turgan bu şaxs Uber taksi xizmatida işlagan.















