Suriyadagi fuqarolik uruşi boşlangandan buyon mamlakatda 634 nafar jurnalist halok bölgan. Ularning aksariyati prezident Başar Asad rejimi tarafdorlari qölida halok bölgan, deyiladi Suriya huquqni himoya qiliş tarmoği (SNHR) hisobotida. Ma'lumotlar 2 noyabr - Jurnalistlarga qarşi jinoyatlar uçun jazo berilmaslikka qarşi kuraş kuniga bağişlab taqdim etildi. 

SNHR ma'lumotlariga köra, Asad rejimi kuçlari 526 nafar mahalliy va xorijiy jurnalistning ölimiga aloqador. 

"Suriya rejimi OAV vakillariga nisbatan qasddan jinoyatlar uyuştirmoqda, ularning huquqlarini buzmoqda. Bugungi kunda ham Suriyadagi köplab jurnalistlar öldirilmoqda, qölga olinmoqda va turli qiynoqlarga duçor qilinmoqda. Şuningdek boşqa guruhlar, jumladan, IŞID terrorçi taşkiloti ham bu kabi jinoyatlarni amalga oşirmoqda, biroq boşqa kölamda", - deyiladi manbada. 

Hisobotga köra, Suriyada Rossiya HKK xatti-harakatlari natijasida halok bölgan jurnalistlar soni 16 nafarni taşkil qilmoqda. IŞID - 46,  PKK/PYD - 3, "Hayat tahrir aş-şam" guruhi 6 jurnalistning ölimiga aloqador, 

Qurollangan muxolifatning rejim tarafdorlariga qarşi  janglari natijasida esa 21 jurnalist halok bölgan.

Suriyadagi nizolar boşlanganidan buyon 1124 nafar jurnalist öğirlangan yoki qölga olingan, deyiladi hisobotda.

Suriyadagi fuqarolik uruşi 2011 yilning martida harbiylarning norozilik namoyişçilariga qarata öq uzganidan söng qurolli töqnaşuvga aylangan. BMT ma'lumotlariga köra, ziddiyat davomida 400 mingdan ziyod kişi halok bölgan, 10 milliondan ortiği öz uyini tark etişiga töğri kelgan. 4,8 million kişi mamlakat taşqarisidan boşpana topgan.