Xöjayli tumani B.Qurbonov köçasida istiqomat qiluvçi M.Yu. ariza bilan tuman Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Qoraqalpoğiston Respublikasi Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari Federatsiyasi matbuot va axborot sektori.
Unga köra, xonadon egasining Xöjayli tuman gaz ta'minoti korxonasidan 427 233 söm qarzdorligi mavjud ekan. Bu holatdan norozi bölgan fuqaro vaziyatga aniqlik kiritişni söragan.
Ariza jamiyat mutaxassislari tomonidan örganib çiqilib, xonadon hisob raqamiga kelib tuşgan pullar qayta hisob-kitob qilindi. Natijada xonadonning korxonadan heç qanday qarzi yöq ekanligi, aksinça kelasi oylar uçun 231 529 söm tölangani aniqlandi. Mazkur holat böyiça korxona mutaxassisidan tuşuntiriş xati olindi hamda iste'molçi kelasi oyda ham tabiiy gazdan bemalol foydalanişi mumkinligi tuşuntirildi.

















