Kataloniya sobiq rahbari Karles Puçdemon YeIni Ispaniya hukumatiga bosim ötkazişga çaqirdi. Bu haqda u Le Soir naşriga bergan intervyusida aytib ötgan.
Puçdemonning fikriga köra, Madrid demokratik normalardan çetlaşmoqda hamda Yevroittifoq demokratik huquqlari xartiyasiga rioya etayotgani yöq.
«Men şuni kutmoqdamanki, Yevropa Polşa hamda Vengriyaga nisbatan qilgan narsani bajaradi. Agarda demokratiyaga qarşi suiiste'mol holati mavjud bölsa, bu içki iş emas. Şu közga taşlanmoqdaki, Ispaniya davlati fundamental huquqlar xartiyasiga rioya etmagan», - deya siyosatçining sözlarini keltiradi RIA «Novosti».
Avvalroq Ispaniya Kataloniya inqirozida «rossiyalik hakerlarni» ayblagani xabar qilingandi.













