IndiGo aviakompaniyasi 11 yil oldin taşkil topgan bölişiga qaramay, Hindistonda öz sohasida yetakçilik qilişga muvaffaq bölgan. Taşuvçi mamlakat bozorining uçdan bir qismidan ortiğini egallaydi va bir neça marotaba Markaziy Osiyodagi eng yaxşi aviakompaniya sifatida e'tirof etilgan. Biroq 2017 yilning noyabri aviakompaniya uçun omadsiz kelmoqda: u bir neça marta piar-mojarolarga aralaşib qolişga ulgurdi, boz ustiga samolyotlarga ham nimadir bölmoqda.

Barçasi 4 noyabrda badmintonçi Pusarla Venkata Sindxu Tvitterda aviakompaniyani tanqid qilgandan söng boşlandi - sportçining sözlariga köra, IndiGo xodimlari unga qöpol muomalada bölişgan. Aviakompaniyada maşhur sportçidan (Sindxu - Olimpiadaning kumuş medaliga sazovor bölgan hindistonlik yagona ayol) uzr söraş örniga, sportçining özi aybdor ekanligini aytişgan: u reysga keç qolayotgandi, sumkasi esa qölda taşiş uçun haddan taşqari katta bölgan. 

Uç kundan keyin internetda IndiGo xodimlarining yölovçiga qöl kötarayotgan videosi paydo böldi. Ular qandaydir sabablarga köra yölovçini samolyotga elituvçi avtobusga qöyişni istaşmagan, yölovçi esa qanday bölmasin, avtobusga kirişga uringan. Oxir-oqibat, IndiGo xodimlari uni asfaltga qulatişgan.

Video tarqalib ketgandan söng aviakompaniya rasman uzr söragan - biroq keç bölgandi. Tvitterda taşuvçini tanqid qilişga yönaltirilgan mem va hazillardan iborat  #boycottIndiGo kampaniyasi boşlab yuborilgandi. Yölovçiga qilingan hujumni videoga olgan aviakompaniya işçisining işdan böşatilgani haqida ma'lum bölganidan söng IndiGo yanada katta tanqidga uçradi. 

13 noyabr kuni Lakxnau aeroportida IndiGo xodimlari nogironlar aravaçasidagi yölovçiga kömaklaşayotib, uni tösatdan yiqitib yuborişdi. Kompaniyada aeroport xizmati ayblangan: ma'lum bölişiça, aynan IndiGo vakillari qoidabuzarlikka yöl qöyişgan. 

Bundan taşqari, aviakompaniya xodimlarining xatti-harakatiga boğliq bölmagan yana ikki voqea röy berdi. 14 noyabrda 150 yölovçini öz içiga olgan laynerning Vişakxapatnam aeroportidan parvozi sönggi daqiqalarda bekor qilindi, bunga uçiş yölakçasiga tönğizning paydo bölgani sabab böldi, natijada reys uç soatga keç qoldi. 

Ikki kundan keyin 134 nafar yölovçini öz bortiga joylaştirgan samolyot parvozni amalga oşirişi bilan aeroportga qaytişga majbur böldi, bunga laynerning quşlar bilan töqnaşuvi sabab bölgan. 

Tabiiyki, voqealar soha bozoriga ta'sir körsatmay qolmagan. 1-15 noyabr oraliğida kompaniya aksiyalari 7 foizga pasaygan, oktabr oyida esa, aksinça, ularning narxi oşayotgan bölgan.