Alibaba onlayn-riteyleri Xitoy guruhidan 400 ta Sun Art Retail gipermarketini 2,9 mlrd. AQŞ dollariga sotib olmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi yakşanba kuni xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga köra, Xitoyda Sun Art Retail gipermarketlari Auchan va RT-Mart savdo markasi ostida işlaydi. Kelişuvda Auçan’ning guruhdagi uluşini 36 foizga qadar oşiriş nazarda tutilgan.

"Uşbu alyans Alibaba’ning çakana savdo rivojlanişi böyiça öz strategiyasini anglatadi. Strategiya esa internet-yondaşuv va yangi texnologiyalar örtasida töğri muvozanatga rioya etişdan iborat. Şu bilan birga, çakana savdo bozorida şeriklar bilan qalin hamkorlik qilişga qaratilgan kurs saqlanib qoladi", - deya Alibaba va Sun Art Retail’ning qöşma bayonotidan parça keltiradi agentlik.

Xitoydagi eng yirik internet-kompaniya Alibaba’ning 2017-2018 moliyaviy yili birinçi çoragidagi sof foydasi 1,96 martaga ösdi hamda 2,07 mlrd. dollarni taşkil qildi. Bu davr davomida olingan daromad 56 foizga oşdi – 7,4 mlrd. dollarga. Kompaniya faoliyatining asosiy yönalişi – elektr savdo uluşi – daromadning 86 foizini taşkil qildi.