20 noyabr kuni Toşkent şahri Olmazor tumanida joylaşgan ruhiy kasalliklar şifoxonasidan qoçgan bemorlarning uçinçisi Şerqul Safaroviç Omonov qölga olindi. Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati xabar berişiça, u 21 noyabr kuni soat taxminan 15:00larda, Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Çilonzor tumanida joylaşgan «Abu Saxiy» bozori hududida uşlangan.
Ma'lum qilinişiça, Şerqul Omonov uşlaş jarayonida, yonida bölgan piçoq bilan içki işlar organlari xodimiga jarohat yetkazgan. Yon-atrofdagilarga nisbatan jiddiy xavf tuğdirgan.


Eslatib ötamiz, duşanba kuni taxminan soat 09:10da Toşkent şahrida joylaşgan Respublika ruhiy xastaliklarni intensiv kuzatiş şifoxonasidan uç nafar bemor qoçib ketgandi. Ularning ikki nafari şu kunning özidayoq qölga olindi.
Bemorlarning maxsus nazoratdagi şifoxonadan qanday qoçib ketgani hozirça ma'lum emas.
















