Andijon şahridagi maktablar, kollejlar va akademik litseylar rahbarlarini sökib haqoratlagani, ayol direktorlarni tahqirlab yerga urgan Andijon şahar hokimi Dilmurod Rahmatullayevning qiliği butun internet tarmoğini larzaga soldi.
Ta'lim tizimini vakillarini «hayvon»dan olib, «iflos»ga solgan bunday amaldorlarga qonunlarimizda qanday çoralar nazarda tutilgan? KUN.UZ uşbu holatga huquqiy jihatdan baho beriş uçun ekspert — yurist Sardor Olloberganovga murojaat qildi. Quyidagi ana şu huquqiy tahlil e'tiboringizga havola etiladi.
Hokim direktorlarni haqorat qilişga haqlimi?
Bu savolga «yöq» deb javob berişga ham til bormaydi. Hokim lavozimidagi inson Konstitutsiya va qonunlarni mensimasligi mumkin degani emas. Janob Rahmatullayev özining «jimjimador» nutqida direktor va öqituvçilarga «tupurgani»ni köp marta ta'kidlaganini hisobga olsak, aslida u Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qat'iy belgilangan qonunlariga va Prezident olib borayotgan bugungi siyosatga ham tupurgani yaqqol körinib turibdi.
Vaholanki, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida inson, uning hayoti, erkinligi, şa'ni, qadr-qimmati va boşqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanişi belgilangan. Bunday qoidalarni yana köplab keltiriş mumkin.
Mavzuga oid: Yana direktorlar haqoratlandi. Bu safar Andijon
Janob Rahmatullayev yangi sökiniş va haqoratlarni öylagunça, qonunlarni varaqlab körsa, yaxşi bölardi.
Hokimni nima kutyapti?
Işdan böşaşi mumkin. Öz mansab vakolatidan çetga çiqqani va işni töğri taşkil eta olmaganligi uçun hokim lavozimidan ozod etilişi mumkin. Şuningdek, mazkur voqea muhokamasi internetda hali beri tinmasligi hisobga olinsa, hokim işdan olinişiga jamoatçilik bosimi ham öz kuçini körsatişi mumkin.
Qonuniy tomoniga kelsak, Konstitutsiyamizning 93-moddasi 15-bandida Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki öz şa'ni va qadr-qimmatiga doğ tuşiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va şahar hokimlarini Özbekiston Respublikasi Prezidenti öz qarori bilan lavozimidan ozod etişga haqli ekanligi belgilangan.












