Yakşanba, 3 dekabr kuni yulduzlarni kuzatuvçilar, astronomlar va şunçaki havaskor samo kuzatuvçilari 2017 yilning ilk va yagona superoyiga guvoh bölişlari mumkin.
2016 yil noyabr oyida ham Oy 1948 yildan beri ilk marotaba Yerga juda yaqin kelgan edi. 3 dekabrdan 4 dekabrga ötar keçasidagi tölinoy ham odatdagidan 16 foiz yorqinroq böladi va 7 foiz kattaroq körinadi.
Aytiş joizki, bu köriniş Quyoş, Oy va Yer bir çiziqqa tizilganida paydo böladi. Şu bilan birga, alohida ta'kidlaş joizki, bu superoy ketma-ket keluvçi 3ta superoyning birinçisidir. Keyingilari 2018 yil yanvar oyida kuzatiladi.
Ötgan safargi superoy bölganiga bir yil tölişi munosabati bilan köpçilik uşbu fazoviy jarayonni intiqib kutişmoqda. Astronomlar esa, uşbu tabiat hodisasini Quyoş botganidan tölinoy çiqişi vaqtida hamda kelasi kuni Quyoş çiqişidan avval tomoşa qilişni tavsiya qilişadi. Biroq tuni bilan Oy yirik va yorqinroq bölib qolaveradi.
Ta'kidlanişiça, dekabr oyidagi superoy yilning birinçi va sönggi körinadigan hodisasidir. Bunga kuzatilgan 2 ta superoyni osmonda köriş imkoni bölmagan.
Xöş superoyni qanday suratga olişni bilasizmi?
2017 yilgi superoy hodisasini suratlarga muhrlaşni xohlagan kişi uçun bu iş ança oson böladi. NASA suratkaşi Bil Ingalsning aytişiça, smartfonlari yordamida hodisani suratga olmoqçi bölganlar yoruqlik balansini töğri tanlaşlari kerak.
"Ekranni bosib, barmoqni oy aksi ustida uşlab turiş kerak. Söngra barmoqni yuqoriga yoki pastga siljitiş lozim".
Ingals DSLR kameralardan foydalanuvçilarga maslahat berar ekan, tasvirda Oyning kattaligini taqqoslaş oson bölişi uçun boşqa biror buyum yoki jihozdan, bino yoxud insondan foydalanişni tavsiya qiladi.

















