Pokistonning Peşovar şahridagi qişloq xöjaligi universiteti kampusiga uç nafar qurollangan noma'lum şaxs hujum uyuştirdi, kamida 11 kişi jabrlandi, deb xabar bermoqda Geo TV telekanali mahalliy manbalarga tayangan holda.

Uning ma'lumotlariga köra, hujum qilgan niqobli şaxslar kampus hududiga kirib kelgan va talabalarga qarata tartibsiz ravişda öt oçgan.

Mahalliy Dawn gazetasining yozişiça, hujum qilgan şaxslar yotoqxona hududiga ham kirib olişning uddasidan çiqişgan. Şu bilan birga naşrning ta'kidlaşiça, yotoqxona içida qança talaba bor ekanini aniq aytib bölmayapti.

Hodisa yuz berganidan söng voqea joyiga politsiya va armiya bölinmalari yetib keldi. Ular jangarilarni yöq qilgani aytilmoqda. 

Ta'kidlanişiça, 3 kişi hujum qilgan. Reuters tarqatgan xabarga köra, «Tolibon» harakati hujum uçun mas'uliyatni öz zimmasiga oldi.

Şaharning asosiy qismi - Yuniversiti Roud – amaliyot vaqtida yopib qöyildi.