“Klub veselyx i naxodçivyx” (KVN) xalqaro ittifoqi prezidenti Aleksandr Maslyakov “MMTs Planeta KVN” davlat unitar korxonasi (DUK) direktori lavozimidan öz xohişiga köra iste'foga çiqqan. Bu haqda 1 dekabrda ittifoqning matbuot xizmatida ma'lum qilindi. 

“MMTs Planeta KVN” direktori lavozimidan ketiş jarayoni Maslyakov tomonidan 2017 yil boşida uning mehnat faoliyatini federal qonunçilik talablariga mos keltiriş zarurati bilan boşlangan. Biroq bir qator şaroitlar, jumladan ba'zi qoğozbozlik sababli bu jarayon birmunça çözilgan”, deb aytilgan xabarda.

Maslyakovning uşbu lavozimdan ketişi “qonunga muvofiq holda amalga oşirilgan”.

Avvalroq Transparency International taşkiloti Maslyakov "Moskovskiy molodejnyy sentr "Planeta KVN" direktori böla turib, "Aleksandr Maslyakov i kompaniya" ("AMiK") televizion ijodiy birlaşmasi ixtiyoriga “Gavana” kinoteatrini topşirgani haqida ma'lumotlarni çop etgan. Şu sababli Transparency International 2017 yil may oyida tekşiruv boşlab, prokuraturadan Maslyakovning faoliyatini tekşirişni söragan. 2017 yil may oyida Moskva prokuraturasi kinoteatrning topşirilişi böyiça bitim Moskva mol-mulki departamenti bilan kelişilgan bölganini ma'lum qilgan. Söngra Transparency International Moskva prokuraturasining bu javobi böyiça Rossiya boş prokuraturasiga şikoyat qilgan va şundan keyin Moskva hukumati Maslyakovni “MMTs Planeta KVN” direktori lavozimidan böşatgan.

“Prokuraturadan sörov tuşganda u DUK direktori lavozimidan ketgan bölgan. Şu ma'lumki, tekşiruv natijalariga köra, heç qanday javob çoralari körilmagan. Şu tariqa, Transparency International’ning vajlari tasdiqlanmagan”, deb aytganlar Maslyakov vakillari.