Tojikiston sudi mustaqil jurnalist, KVN böyiça Tojikiston terma jamoasi sardori, 40 yoşli Xayrullo Mirsaidovni yolğon ma'lumot yetkaziş, davlat pullarini özlaştiriş va sarflab yuboriş hamda hujjatlarni qalbakilaştiriş ayblovlari bilan 12 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
Mirsaidov jazoni qattiq tartibdagi koloniyada ötaydigan böldi.
Söğd viloyati prokuraturasi Mirsaidovni 2017 yil 5 dekabrda uning oçiq xatidan keyin hibsga olgan. U xatida Söğd viloyatining yoşlar işlari böyiça boşqarmasi boşliğini korrupsiyada ayblagan. Mirsaidov ustidan sud jarayoni 8 iyunda boşlangan. U özini qisman aybdor deb tan olgan.
“Agar sudlanuvçi 123913 somoniy (14 ming dollar) miqdorida davlatga yetkazilgan ziyonni tölab berganda qamoqqa olinmagan bölardi”, deb aytgan sudya.
Mirsaidovning advokati Dilafröz Samadova hukm ustidan arz qilişini va uning adolatsizligini aytgan. “Sud Mirsaidovga qöyilgan ayblovlardan birortasi böyiça aybini isbotlay olmagan”, deb aytgan advokat.
Mirsaidov sudda KVN böyiça Tojikiston terma jamoasiga ajratilgan mablağlarni sarflab yubormaganini va jamoa bilan Moskva ligasi yarimfinaligaça bora olganini aytgan. Biroq hukumatning klub faoliyatiga munosabatining tanqid qilinişi uning panjara ortiga tuşişiga sabab bölgan.
Uşbu hukmga AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiyaning Tojikistondagi elçixonalari darhol munosabat bildirgan. Ular “mustaqil jurnalist Mirsaidov ustidan sud jarayoni olib borilganidan jiddiy xavotir” bildirişgan va Tojikistondagi mutasaddi idoralardan çiqarilgan hukmning qayta körib çiqilişini talab qilişgan.

















