KVN Xalqaro ittifoqi prezidenti Aleksandr Maslyakov «Planeta KVN» Moskva yoşlar markazi direktorligi lavozimidan öz xohişiga köra ketgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
OAV ma'lumotlariga köra, Moskva hukumati Maslyakovni korxona direktori lavozimidan 2017 yilning iyulida çetlaştirgan. Bu prokuraturaga kelib tuşgan qator murojaatlardan söng yuz berdi. Öz navbatida KVN ittifoqidan aniqlik kiritişlariça, uning özi 2017 yilning boşida bu jarayon taşabbusi bilan çiqqan. Bu uning mehnat faoliyatini federal qonunçilik talablariga muvofiqlaştiriş tufayli qilingan.
«Biroq qator holatlar tufayli, jumladan ba'zi byurokratik holatlar sabab, bu jarayon bir qadar çözildi. Şu bilan birga, bu işdan böşatiş qonun talablariga töliq muvofiq holatga keltirildi», - deya xabar bergan KVN ittifoqi vakillari. Şuningdek ularning aniqlik kiritişiça, Maslyakovning prokuratura tekşiruvlaridan xabari bölmagan.
Avvalroq Transparency International taşkiloti saytida Maslyakov prokuratura tekşiruvlari sabab lavozimini tark etgani haqida ma'lumot paydo bölgandi. Jurnalistlarning fikriça, bu «Aleksandr Maslyakov i kompaniya» televizion ijodiy birlaşmasiga «Gavana» kinoteatrining berilişi bilan boğliq.

















