KVN boşlovçisi Aleksandr Maslyakov “Moskovskiy molodejnyy sentr “Planeta KVN” korxonasi direktori lavozimidan ketganiga qaramay, körsatuvga boşlovçilik qilişda davom etadi. Bu haqda KVNning “VKontakte” ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida ma'lum qilindi. 

“Döstlar! Teleboşlovçi kasbi va davlat unitar korxonasi boş direktori lavozimini çalkaştirmang”, deb aytilgan xabarda. 

2 dekarbda teleboşlovçi va KVNda hakamlik qiluvçi Valdis Pelş Maslyakov efirda qolişiga işonç bildirdi. “KVNdagi hamma narsa bu odamga boğliq”, deb aytgan Pelş.

Bundan avval KVN Xalqaro ittifoqi matbuot xizmatida Maslyakov uning faoliyati tekşirila boşlangandan keyin emas, balki undan avvalroq öz xohişi bilan direktorlik lavozimidan ketgani ma'lum qilingan. Uning özi bu lavozimdan ketişga 2017 yil boşida taşabbus bildirgan. Bu uning mehnat faoliyatini federal qonunçilik talablariga mos keltiriş uçun amalga oşirilgan.

“Transperensi Interneşnl - Rossiya” ötkazgan tekşiruvga köra, Maslyakov “Moskovskiy molodejnyy sentr “Planeta KVN”ni boşqargan vaqtda korxona nomidan uning oilasiga tegişli bölgan xususiy kompaniya bilan şartnomalar tuziş hamda Moskva markazidagi “Gavana” kinoteatrini özlaştirib olişda ayblangan. 

Ta'kidlanişiça, Maslyakovning özi bu ayblovlarga hali heç qanday izoh bermagan.