Yakşanba, 3 dekabr kuni keçqurun yulduzli osmonni kuzatişni yaxşi köradigan barça «superoy» hodisasini köriş imkoniga ega böldi. Bunda Yerning yöldoşi odatdagidan kattaroq va yorqinroq körinadi. Amerikaning ABC telekanali Qöşma Ştatlarning Rod-Aylend ştatida Oyning botişi tasvirlangan va tezlaştirilgan videoyozuvni e'lon qildi.

Bi-bi-si’ning Qirollik astronomiya jamiyati mutaxassisi Robert Messiga tayangan holda xabar berişiça, töla Oy tunning qoq yarmida juda yorqin köringan, bu paytda u osmondagi eng yuqori nuqtaga yetdi.

Biroq, hajmdagi 7 foiz va yorqinlikdagi 15 foizlik farq oddiy Oy bilan taqqoslaganda maxsus asboblarsiz kuzatgan odamlar uçun juda sezilarli bölmagan.

Bu safar Yerning yöldoşi bizga 358 499 kilometrlik masofaga yaqinlaşdi – bu odatdagidan 26 ming kilometrga yaqinroqdir.

Ötgan yili esa Oy Yerga 1948 yildan beri ilk marta eng yaqin masofaga kelgan, hamda keyingi safar bunday hodisa faqatgina 2034 yilning 25 noyabr kuni yuz beradi.

NASA yakşanba kungi hodisani «superoy trilogiyasining» birinçi qismi deb atadi, sababi fenomen uç hodisaga çöziladi. Oyning Yerdan minimal masofada bölib turganida yana ikkita şunday hodisa kuzatilişi mumkin: 1 va 31 yanvarda.