Angliya çempionatining 15-turida «Mançester Siti» «Vest Hem» ustidan irodali ğalabaga erişdi. «Etihad Stedium»da keçgan uçraşuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinda hisob London jamoasi tomonidan oçilgandi. Birinçi bölim yakunlanişi arafasida, 44-daqiqada Ogbonna mehmonlarni oldinga boşladi.
Ammo tanaffusdan keyin Xosep Gvardiola şogirdlari iroda körsatib, ikkita gol urişdi. Nikolas Otamendi 57-daqiqada hisobni tenglaştirdi, David Silva 83-daqiqada ğalaba golini urdi.
Bu «şaharliklar» jamoasining ketma-ket uçinçi uçraşuvda 2:1 hisobida ğalaba qozonişi böldi. Bundan avvalgi turlarda «Haddersfild»ga qarşi öyinda 0:1 hisobidan çiqib ketilgan, şuningdek, «Sauthempton» darvozasiga qöşimça daqiqalarning oxirida gol urilgandi.
Endilikda «Mançester Siti» ğalabali seriyasini davom ettirib, 43 oçko bilan turnir jadvalida peşqadamlikni davom ettirdi. Ikkinçi örindagi «Mançester Yunayted» 8 oçko ortda qoldirilgan.
«Bornmut» «Sauthempton»ni qabul qildi. «Vitaliti – Din Kort» stadionida keçgan uçraşuvda kuçlar teng keldi - 1:1.
Birinçi bölimda mezbonlar ustunlikka erişdi, 42-daqiqada Rayan Freyzer aniq zarbasi bilan hisobni oçdi. Öyinning ikkinçi bölimi «Sauthempton» ustunligida keçdi, 61-daqiqada Çarlz Ostin hisobni tenglaştirdi.
Bu natijadan keyin «Sauthempton» oçkolari sonini 17taga yetkazib, turnir jadvalida 11-öringa kötarildi, «Bornmut» (15 oçko) esa «Nyukasl» va «Haddersfild»ni quvib ötib, 14-poğonaga joylaşdi.
Angliya çempionati
15-tur
Mançester Siti – Vest Hem 2:1
Gollar: 0:1 – 44 Ogbonna, 1:1 – 57 Otamendi, 2:1 – 83 Silva.
Mançester Siti – Ederson, Uoker, Otamendi, Mangalya, Danilo (Gabriel Jyezus, 46), de Bryuyne, Silva, Sane, Delf, Sterling, Aguero (Fernandino, 85).
Vest Hem – Adrian, Sabaleta, Masuaku, Kressuell, Ogbonna, Antonio, Obiang, Lansini (Arnautoviç, 69), Rays, Fernandeş, Kuyate (Sako, 43).
Ogohlantirişlar: Rays (17), de Bryuyne (59).
Bornmut – Sauthempton 1:1 (1:0, 0:1)

















