Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Temir yöllarda yuk va yölovçilar taşiş xavfsizligini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi temir yöllarda yuk va yölovçilar taşiş xavfsizligini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3221-son qarorini bajariş yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

1. Quyidagilar:

Özbekiston Respublikasi Temir yöllarda yuk va yölovçilar taşiş xavfsizligini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi töğrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Özining temir yöllariga ega bölgan yuridik şaxslarning temir yöl transporti xodimlari malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş markazi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

“Temir yöl mahsulotlarini sertifikatlaştiriş markazi” davlat unitar korxonasi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

“Putur yetkazmasdan nazorat qiliş laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

2. Quyidagilar faoliyatni moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi:

Özining temir yöllariga ega bölgan yuridik şaxslarning temir yöl transporti xodimlari malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş markazi uçun - özining temir yöllariga ega bölgan yuridik şaxslarning temir yöl transporti xodimlari malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş böyiça tuzilgan şartnomalar doirasida pulli ta'lim xizmatlari körsatişdan tuşadigan mablağlar, şuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar;

“Temir yöl mahsulotlarini sertifikatlaştiriş markazi” davlat unitar korxonasi uçun - temir yöl mahsulotlarini sertifikatlaştirişni amalga oşiriş böyiça tuzilgan şartnomalar doirasida pulli xizmatlar körsatişdan tuşadigan mablağlar, şuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar;

“Putur yetkazmasdan nazorat qiliş laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi uçun - putur yetkazmasdan nazoratni amalga oşiriş böyiça tuzilgan şartnomalar doirasida pulli xizmatlar körsatişdan tuşadigan mablağlar, şuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.