Angliya çempionatining 16-turida «Çelsi» «Vest Hem»ga qarşi öynadi. «Boleyn Graund»da bölib ötgan uçraşuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinning 6-daqiqasida Marko Arnautoviç tomonidan urilgan gol David Moyyes jamoasiga ğalabani taqdim etdi.
E'tiborli jihati, bungaça Devid Moyyes amaldagi çempionlarga qarşi boşqarayotgan jamoasi uyida ötkazgan sönggi beşta uçraşuvning 4tasida ğalaba qozongandi. Endi bu statistika yanada yaxşilandi. Eng qiziği raqiblarning uç nafar italiyalik murabbiylar Karlo Ançelotti, Roberto Mançini va Klaudio Raneri bölgan, ular qatoriga endi Antonio Konte qöşildi.
«Bolğaçilar» uçun bu APL doirasida oxirgi 8 öyindagi ilk ğalaba böldi. Oxirgi marta «Vest Hem» premer-liga öyinida 30 sentabr kuni ğalaba qozongandi, öşanda «Vest Bromviç» kiçik hisobda mağlub etilgan.
Bu natijadan söng, «Vest Hem» oçkolari sonini 13taga yetkazdi va turnir jadvalida 18-öringa joylaşdi, kutilmagan mağlubiyatdan keyin Antonio Konte şogirdlari hozirça 32 oçkosi bilan uçinçi örinda qoldi. Bu turda «Liverpul» öz öyinida yirik hisobda ğalaba qozonsa, «Çelsi»ni quvib ötişi mumkin.
Angliya çempionati
16-tur
Vest Hem – Çelsi 1:0
Gol: 1:0 – 6 Arnautoviç.
Vest Hem – Adrian, Ogbonna, Kressuell, Masuaku, Rid, Antonio, Lansini, Nobl, Obiang, Arnautoviç (Sako, 69), Sabaleta.
Çelsi – Kurtua, Kristensen, Keyxill, Alonso (Mozes, 55), Aspilikueta, Azar, Fabregas, Kante, Bakayoko (Pedro, 46), Dzappakosta (Villian, 64), Morata.
Ogohlantirişlar: Arnautoviç (7), Alonso (18), Adrian (58), Rid (67), Kressuell (68), Obiang (70).

















