AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞning 2018 yil uçun mudofaa byudjyetini imzoladi. Keyingi yil harbiy maqsadlar uçun deyarli 700 mlrd dollar sarflaş közda tutilgan. Avvalroq hujjat kongressning ikki palatasi tomondan ma'qullangandi.
Pentagonning bazaviy byudjyeti 626 mlrd dollarni taşkil qiladi, yana 66 mlrd dollar AQŞning xorijdagi operatsiyalarini qöllab-quvvatlaşga sarflanadi.
Jumladan, “Rossiyani bosib turiş”ga qaratilgan AQŞning Yevropadagi ittifoqdoşlari va NATOga a'zo davlatlarni qöllab-quvvatlaş taşabbusi böyiça 4,6 mlrd dollar közda tutilgan. Bu qiymatdan 100 mln dollari Boltiq davlatlarining mudofaa qobiliyatini oşirişga sarflanişi mumkin.
Qonun loyihasi Rossiya mudofaa vazirligi bilan hamkorlik qilişga taqiqlov muddatini uzaytiradi va Tramp zimmasiga Rossiya bilan Suriyadagi vaziyat böyiça har qanday kelişuv böyiça kongressga hisobot beriş majburiyatini yuklaydi.
Ukrainaga harbiy yordam uçun 350 mln dollar ajratiş taklif qilinmoqda. AQŞ raketalarga qarşi mudofaa tizimiga 4,4 mlrd dollar sarflaydi. Hujjatda harbiylar iş haqlari oşirilişi ham közda tutilgan.

















