Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga şarh e'lon qilindi.

Töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini (keyingi örinlarda töqimaçilik sanoati deb yuritiladi) modernizatsiya va diversifikatsiya qiliş taşqi bozorlarda talab yuqori bölgan işlab çiqarilayotgan tayyor raqobatbardoş mahsulotlarning hajmi va turlarini kengaytiriş, paxta xom aşyosini yetiştiriş va qayta işlaş samaradorligi va rentabelligini oşirişning eng muhim şarti hisoblanadi.

Şuni inobatga olgan holda, mamlakatimizda mazkur sohani yanada rivojlantirişni ta'minlaşga qaratilgan amaliy çora-tadbirlar izçil röyobga çiqarilmoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 dekabrdagi PQ–2687-son qarori bilan 2017-2019 yillarda töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi tasdiqlangan.

Bugungi kunda respublikada 7 mingga yaqin korxona faoliyat olib borayotgan yuqori işlab çiqariş salohiyatiga ega bölgan töqimaçilik tarmoği şakllantirildi. 1,4 million tonna hajmdagi paxta tolasini işlab çiqariş quvvatlari yaratildi, şundan 60 foizga yaqinidan mahalliy töqimaçilik korxonalarining ehtiyojlarini qondiriş uçun foydalanilmoqda.

Eng avvalo, tayyor mahsulotlar işlab çiqarilişini yölga qöyiş, tarmoqni boşqarişni taşkil etiş, resurs va işlab çiqariş quvvatlarining taqsimlanişi, kadrlar malakasining yuqori emasligi bilan boğliq tizimli muammolarning mavjudligi paxta xom aşyosini yetiştirişning past rentabelligiga va uni qayta işlaşga, tayyor mahsulot işlab çiqariş va eksport qilişning yetarli darajada emasligiga olib kelmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan «Töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmon mavjud muammolarni hal etiş, şuningdek, yuqori sifatli töqimaçilik mahsulotlarini işlab çiqarişni kengaytiriş va uni jahon bozorlariga ilgari suriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar kompleksini belgilab berdi.

Uşbu hujjat bilan töqimaçilik sanoatini yanada isloh qilişning quyidagi muhim yönalişlari belgilandi, xususan:

- töqimaçilik sanoatining iqtisodiyotdagi uluşini oşiriş, mamlakatda işlab çiqarilayotgan töqimaçilik mahsulotlarining hajmi va sifatini oşiriş;

- töqimaçilik sanoatining boşqaruv tizimini tubdan qayta körib çiqiş;

- töqimaçilik sanoati sohasida standartlaştiriş va sertifikatlaştiriş tizimini yanada takomillaştiriş;