Bugun, 28 dekabr kuni Andijon viloyati, Buloqboşi tumani hokimligida xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov
Foto: Kun.uz

Yiğilişda Oliy Majlis Senati a'zosi, Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirok etdi. Sessiyada taşkiliy masala körib çiqildi. Jumladan, Ötkirbek Komiljonoviç Mamurov tumanning yangi hokimi etib taniştirildi.

Ötkirbek Mamurov
Foto: Kun.uz

U yangi lavozimda bir kun oldin Uluğnor hokimi lavozimiga ötkazilgan Doniyor Maxsudov örnida iş boşlaydi.

Ötkirbek Mamurov 1973 yilda Andijon viloyati Oltinköl tumanida tuğilgan. 1997 yilda K.Timiryazev nomli Moskva qişloq xöjalik akademiyasini tamomlagan. Ma'lumoti böyiça mutaxassisligi - olim-agronom-agroximik-tuproqşunos. U 2014 yildan şu vaqtga qadar Andijon viloyati Ğöza uruğçiligi birlaşmasi raisi lavozimida işlab kelayotgandi.