Respublikada ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar ijrosi uçun mas'ul bölgan probatsiya xizmatini joriy qiliş közda tutilyapti. Bu haqda “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili” davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan, deb yozmoqda "Xalq sözi" naşri.
 
Xöş, probatsiya xizmati nima özi? U ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazoga hukm qilingan, şu jumladan şartli hukm qilingan mahkumlarni qayta tarbiyalaş, ularning huquqlarini röyobga çiqariş borasida işlar samaradorligini oşiriş hisoblanadi. Şu böyiça işlab çiqilişi nazarda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida ana şu jihatlar belgilab qöyiladi. Probatsiya xizmati şaxsiy tarkibini esa qisqartirilayotgan yöl-patrul xizmati postlari ştat birliklari hisobidan şakllantiriş nazarda tutilmoqda.

Bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlar şu yil 20 noyabr sanasiga qadar işlab çiqiladi.