Hindistonning Mumbayidagi eng diqqatga sazovor joylardan biri – oçiq osmondagi kir yuviş joyi Dxobi Gxat bölib, bu yerga har kuni yuzlab sayyohlar taşrif buyuradi. Bu joy öz turidagi dunyodagi eng kattasi hisoblanadi. Bu yerda restoranlar, şifoxonalar, tikuvçilik fabrikalari va mehmonxonalarga xizmat körsatiladi.
Bu yerda kir yuviş texnologiyasi deyarli 1,5 asr davomida deyarli özgarmagan: kir sovuq suv va sovun yonğoği solingan boçkalarda ivitiladi, siqiladi, söngra 20-30 marta urib tozalanadi. Kirlar qurigandan keyin kömirda qizdiriluvçi dazmollarda dazmollanadi.
Bu kir yuviş joyi 19-asrning 90-yillaridan beri faoliyat yuritadi va 2018 yilga kelib uning maydoni 10 gektarga yetgan. Bu yerda dxobi – “erkak kir yuvuvçilar” qatlamidan bölgan 7,5 ming erkak işlaydi. Bu qatlam vakillari orasida kir yuvuvçi kasbi otadan öğilga meros bölib ötadi.
































