Toşkent şahridagi 1-sonli tergov izolyatori (Toşturma)da bölgan mahkumlar yangi joyga köçirilmoqda. Koloniya Toşkent viloyatining Zangiota tumanida joylaşadi. Bu haqda «Pravda Vostoka Online» xabar berdi.
Qayd etilişiça, Toşturmada bugungi kunda atigi 20 nafar nazoratçi qolgan. Mahbuslar uçun oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-keçaklarni qabul qiliş töxtatildi. U bir haftadan söng, köçiş işlari yakuniga yetgaç tiklanadi. Sönggi vaqtlarda Toşturmada 2,5 ming kişi saqlangan. Toşkent viloyatining Zangiota tumanidagi tergov izolyatori töqqiz blokdan iborat öziga xos yulduz şaklidagi majmuadir.
«Bu yerda sakkizta korpus bor, ippodrom yonida joylaşgan izolyator orqali temir yöl liniyasi ötadi. Endi mahbuslarni tergov izolyatoridan respublikadagi boşqa koloniyalarga yuboriş imkoniyati paydo böladi», - deya aytib ötgan Toşturma nozirlaridan biri.


















