«Vest Hem Yunayted» himoyaçisi Artur Masuake Angliya Kubogining 1/16 finali doirasida «Uigan Atletik» jamoasiga qarşi öyinda raqib futbolçisiga tupurib yuborgani uçun 6 öyinlik diskvalifikatsiya bilan jazolanişi mumkin. Bu haqda Evening Standard xabar tarqatdi.
Fransiyalik Masuaku öyinning 49-daqiqasida raqib yarim himoyaçisi Nik Pauellga tupurgani uçun töğridan-töğri qizil kartoçka bilan jazolangandi.
Uçraşuv «bolğaçilar» jamosining 0:2 hisobidagi mağlubiyati bilan yakunlangan.
2015 yilda xuddi şunday harakatlari uçun Papiss Sisse va Jonni Evans uzoq muddatli diskvalifikatsiya bilan jazolanişgandi.

















