Samarqand şahrida Islom Karimov maqbarasi oçildi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Majmuaning oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi va nutq sözladi. 

Mamlakatning birinçi prezidenti Islom Karimov öz vasiyatiga köra, Samarqand şahridagi Hazrati Xizr majmuasi yonida dafn etilgan edi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan bu yerda birinçi prezidentning davlat va xalq oldidagi buyuk xizmatlariga munosib uluğvor maqbara majmua bunyod etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari Samarqandga taşriflari davomida majmua qurilişining borişi bilan bir neça bor tanişdi. Uşbu maskanni yurtimizning eng qutluğ qadamjolaridan biriga aylantiriş, ziyoratçilar uçun har tomonlama qulay şaroitlar yaratiş borasida ulkan işlar amalga oşirildi.

Şavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilib, birinçi prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur'on tilovat qilindi.

Tadbir iştirokçilari, mamlakatning barça joylaridan kelgan fuqarolar maqbarani ziyorat qilib, gullar qöydilar. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Şavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga ham gul qöydi.

Şu kuni Forumlar majmuasida elga ehson oşi tortildi.