Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi bir guruh deputatlari Vazirlar Mahkamasiga deputatlik sörovini yuborişga tayyorlanmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Ma'lum qilinişiça, quyi palatadagi 3ta fraksiya a'zolari, şuningdek eko-harakat a'zosidan iborat deputatlar guruhi «yuridik şaxslarning haydovçilik malakasini har ikki yil qayta oşiriş» böyiça 2017 yil 4 sentabr kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 693-son qarori yuzasidan deputatlik sörovini tayyorlagan. Hozirça sörovnomada nimalarga urğu berilişi aytilmagan.
Gap şundaki, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan mazkur qaror bilan «yuridik şaxslarning haydovçilik malakasini oşiriş huquqi» faqat «Avtotest-Report» MÇJga tegişli etib belgilangan. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasulbek Kuşerbayev esa bu haqda şunday deydi:
«Nega aynan «Avtotest»? Nima uçun 5-6 yil emas, ikki yil? Nima uçun birgina MÇJga bunday vakolat topşirilmoqda?».
Oliy Majlis Deputatining fikriça Özbekiston Vazirlar Mahkamasining «Innovatsion öqitiş uslublarini joriy etiş yöli bilan haydovçilarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş, şuningdek, ularning malakasini oşiriş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qaror qayta örganib çiqilişi kerak.
Deputat Qodir Jörayev esa «bu yerda monopoliyaga qarşi qonunçilik talablari inobatga olinmaganligini» ta'kidlagan.
«Bu holat esa öz navbatida bunday xizmatlarni körsatuvçi sub'yektlar örtasida raqobat muxitini şakllanişi örniga, aksinça, bitta MÇJning monopoliyasining örnatilişiga, raqobatçilarning bozordan siqib çiqarilişiga yöl oçib bergan», deydi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma'lumot uçun, oçiq ensiklopediya va OAV xabarlarida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati boşliği Komil Allamjonov «Avtotest» innovatsion avto maktab asosçisi sifatida e'tirof etilgan.

















