Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta'lim vazirligida 3 kun davomida Janubiy Koreyaning Puçon universiteti vakillari iş olib borişdi. Ularga universitet professori Li Dong Vuk boşçilik qilgan. Xorijiy mutaxassislarning bu taşrifi doirasida Janubiy Koreyadagi maktabgaça ta'lim tizimi, pedagogik xodimlarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş, öquv-uslubiy qöllanmalar yaratiş, maktabgaça ta'lim yoşidagi bolalar bilan işlaşda multimedia materiallaridan foydalaniş masalalari yoritildi. Şuningdek, bu taşrif davomida Maktabgaça ta'lim vazirligi mutaxassislari bilan özaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Uçraşuv yakunlariga köra “Toşkentda Puçon universitetining filialini oçiş istagi haqidagi” bayonnoma imzolangan. Bu filialda maktabgaça pedagogika va psixologiya fakulteti faoliyat yuritadi. Bayonnoma Maktabgaça ta'lim vaziri Agrippina Şin va Puçon universiteti professori Li Dong Vuk tomondan imzolangan.

Puçon universiteti Janubiy Koreyadagi eng nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda universitetda 26 ta fakultet faoliyat yuritadi. Universitetda muhandislik, tabiatşunoslik, gumanitar fanlar va san'at yönalişlari böyiça öquv dasturlari taklif qilinadi. Universitetda maktabgaça ta'lim fakulteti va xorijiy talabalar uçun koreys tili markazi mavjud.