IPO (ingliz tilidan olingan - Initial Public Offering) – aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini birlamçi oşkora taklif etiş degan ma'noni bildiradi. Ya'ni u jamiyat tomonidan aksiyalarni çeklanmagan şaxslar orasidagi dastlabki sotuvi, dastlabki taklif qilinişidir. IPO ni ötkazişdan asosiy maqsad korxonani rivojlantiriş uçun keng doiradagi investorlardan kapital jalb qilişdir.
Özbekistonning yetakçi sanoat korxonalaridan biri “KVARTS” aksiyadorlik jamiyati 2017 yil 5 dekabrdan boşlab jamiyatining 4 574 934 dona oddiy aksiyalarini birlamçi ommaviy taklif etiş (IPO) orqali “Toşkent” respublika fond birjasi savdolariga çiqardi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 maydagi 268-sonli “Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini ötkazişni taşkil etiş töğrisida”gi qaroriga asosan IPO tadbirlarini taşkilotçisi - anderrayteri Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki (Milliy bank) hisoblanadi.
“KVARTS” AJ va Milliy bank örtasidagi tuzilgan 2017 yil 15 sentabrdagi şartnomaga muvofiq çiqarilgan aksiyalarni 100 foiz sotiş kafolati Milliy bank tomonidan olingan.
Aktsiyalarini sotib oliş istagi bölgan jismoniy va yuridik şaxslarning buyurtmalari fond bozorida faoliyat yurituvçi investitsiya vositaçilari (brokerlar) tomonidan qabul qilinadi. Investitsiya vositaçilarining röyxatini Qimmatli qoğozlar bozorini muvofiqlaştiriş va rivojlantiriş Markazi (www.csm.cov.uz) va “Toşkent” RFBning (www.uzse.uz) rasmiy saytlaridan oliş mumkin.
Buyurtmalar bir dona aksiya uçun 3 000 sömdan 9 100 sömgaça bölgan oraliqdagi (diapazonda) narhlarda qabul qilinadi. Aktsiyalarni sotiş xaridor bergan buyurtmada taklif etilgan narxlarda, yuqori berilgan bahoga ustuvorlik berilgan xolda amalga oşiriladi.
Bunda, bir şaxs köpi bilan 2 287 dona aksiya, ya'ni sotuvga çiqarilgan aksiyalarning 0,05 foizidan köp bölmagan miqdorda sotib olişi mumkin.
Aktsiyalarga buyurtmalar qabul qiliş oxirgi sanasi 2018 yil 3 aprel kuni etib belgilangan.

“KVARTS” AJ – 1975 yilda öz faoliyatini boşlagan bölib, listlangan oyna, şişa banka, butilka, avtomobil sanoati uçun oyna va ötga çidamli materiallar işlab çiqaruvçi Özbekistondagi yirik va yetakçi korxona hisoblanadi.


















