Paratsetamol dori vositasi jinsiy gormonlarga salbiy ta'sir qilib, bepuştlik yoki homila rivojlanişida nuqsonlar xatarini oşiradi. Bunday xulosaga San-Diyegodagi Human Longevity taşkiloti olimlari kelişdi. Bu haqda The San Diego Union-Tribune naşri ma'lum qildi.    

Tadqiqotda 18 yoşdan katta 455 kişi qatnaşgan. Bundan taşqari, tahlilga 1880 nafar yevropalik egizak va afroamerikan yoki ispan ildizlariga ega 1235 kişi tekşirilganda olingan ma'lumotlar kiritilgan. Olimlar metabolizm (moddalar almaşinuvi) uçun muhim bölgan 700 ta birikma miqdori özgarişini kuzatişgan.

Aniqlanişiça, barça guruhlarda paratsetamol qabul qiliş bilan boğliq neyrosteroid jinsiy gormonlar kamayişi kuzatilgan. Bundagi salbiy effekt organizmning gormonal darajada 35 yil qarişiga teng bölgan, bu esa öz navbatida plasenta disfunksiyasi va reproduktiv qobiliyatlarning buzilişiga olib keladi. Bu, şuningdek, asab tizimi kasalliklarga olib keladi hamda homila tuşib qolişi yoki homila rivojlanişida nuqsonlar xatarini oşiradi.