Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boşliği Nurmat Otabekov koronavirusga çalinib uyida davolanayotgan bemorlar uçun bepul dori vositalari qay tartibda berilişi haqida ma'lumot berdi. Uning qayd etişiça, ayni paytda koronavirusga çalinib, uyda davolanayotgan bemorlar uçun taxminan 50 ming dori-darmonlar töplami tayyorlangan. Bu dorilar töplamini barça poliklinikalar tarqatişi mumkin.
«Buning uçun har bir oilaviy poliklinikada maxsus mobil guruhlar taşkil qilingan. Bu guruhlar bemorning tibbiy ahvolini aniqlaştirib, unga bepul dori-darmonlar töplamini yetkazib beradi.
Bugun-erta bu töplamlar barça hududlarga yetkaziladi», dedi Boş davlat sanitariya inspektori.
Avvalroq Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Feruza Hamroboyeva « Covid-19 bilan kasallangan bemorlarni davolaşda qöllanadigan dori vositalari töplami» böyiça batafsil ma'lumot bergandi.
Mazkur töplamdan örin olgan dorilardan biri gidroksixloroxin bitta konvalutadan taşkil topgan va har bir tabletka 200 mg.dan. Gidroksixloroxin dori vositasi kuniga 2 mahal bitta tabletkadan ovqat vaqtida qabul qilinadi. Dorini qabul qiliş davomiyligi 2 kundan 5 kungaça hisoblanadi.
Keyingi dori vositasi azitromitsin sanaladi. Bu dori makrolidlar guruhiga kiradi. Makrolidlar esa antibakterial vositalarga mansub va kuçli ta'sirga ega. Azitromitsin ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin kuniga bir mahal 3-5 kun davomida qabul qilinadi. Azitromitsinning bitta tabletkasi dozasi 250 mg., bu bolalar uçun tavsiya etilgan doza hisoblanadi. Şuning uçun katta yoşdagilar azitromitsinni 2ta tabletkadan qabul qiladi.
Töplamdagi keyingi dori – paratsetamol. Uni faqatgina isitma tuşiriş uçun emas, balki oğriq qoldiriş uçun ham iste'mol qiliş mumkin. Koronavirus bemorlari uçun esa paratsetamol tana harorati kötarilganida kuniga bir mahal töq qoringa içiş tavsiya qilinadi. Agar dori töq qoringa içilmasa, oşqozon şilliq qavatiga salbiy ta'sir qilişi mumkin.
Bundan taşqari, uyda davolanayotgan bemorlarga kukun şaklidagi S vitamini – askorbinka

















